Yevropada O‘zbekiston terma jamoasining yangi yulduziga e’tibor qaratishdi

  • 21.09.2026 22:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston milliy terma jamoasining 19 yoshli himoyachi Behruz Karimov Shveytsariya chempionati 9-turidan o‘rin olgan safar uchrashuvida «Lugano» tarkibida «Lozanna»ga qarshi o‘yinda golli uzatma muallifiga aylandi. 

Uchrashuv mezbonlar uchun omadsiz yakunlandi — «Lugano» 4:0 hisobida yirik g‘alabaga erishdi. Karimov o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va 52-daqiqada jamoasining uchinchi goliga assistentlik qildi. 

Jarima zarbasidan keyin u o‘ng qanotda raqibini bir necha fintlar bilan ortda qoldirib, aniq uzatma yo‘lladi. Superpasni qabul qilgan Hannes Delkrua bosh bilan zarba berib, xet-trikni rasmiylashtirdi. 72-daqiqada Behruz maydondagi o‘rnini jamoadoshiga bo‘shatib berdi. Bungacha Delkruaning dastlabki ikki golini 35 va 48-daqiqalarda urgan edi. Uchrashuvdagi so‘nggi gol esa «Lozanna» himoyachisi Karim Sou tomonidan o‘z darvozasiga kiritildi.

O‘zbekistonlik futbolchining golli uzatmasi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda va uning videosi tez tarqalayapti. 

«Lugano»ga o‘tganidan beri Behruz Karimov barcha musobaqalar doirasida yettita o‘yin o‘tkazdi, bir bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi va bir marta golli uzatma amalga oshirdi. Uning Shveytsariya klubi safidagi ilk goli 16 sentabr kuni «Sankt-Gallen»ga qarshi bahsda (4:1) urilgan edi.

To‘qqiz turdan so‘ng «Lugano» 25 ochko jamg‘arib, Shveytsariya chempionati jadvalida yakka yetakchilik qilmoqda. Jamoa «Yang Boyz»dan olti ochkoga oldinda bormoqda, hisobida sakkizta g‘alaba va bitta durang bor. 

Keyingi uchrashuvni «Lugano» 10 oktyabr kuni o‘z maydonida «Lyutsern»ga qarshi o‘tkazadi. O‘yim Toshkent vaqti bilan 23:30 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!