
Yodgoroy Mirzaeva: "Tokio-2020"da chempion bo‘lmoqchiman
-57 kg vazn toifasida Yodgoroy Mirzaevaga teng keladigan raqib topilmadi
Samarqandlik Yodgoroy Mirzaeva finalda jizzaxlik Mahliyo Habibullaevaga qarshi jang o‘tkazdi va hakamlarning yakdil qarori bilan chempion sifatida e’tirof etildi.
"Ushbu musobaqaga 3 bosqichda tayyorgarlik olib borgan edim. Mashaqqatlarim ortidan yutuqqa erishganim juda yoqimli. O‘tkazgan har uchala jangimdan ko‘nglim to‘ldi. Albatta, sportchi jangdan jangga ochilib boraveradi. Xudo xohlasa, "Tokio-2020" yo‘llanmalarini qo‘lga kiritib, u erda ham chempion bo‘lmoqchiman", deya Mirzaeva o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Fikrlar