Yosh atletlarimiz o‘zaro bahslashadi

CHERY AUTO

Poytaxtimizda Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab internati tarbiyalanuvchilari o‘rtasida engil atletika bo‘yicha "Olimpiya cho‘qqilar" sport musobaqasi o‘tkazildi.

Tecno

Engil atletika federatsiya stadionida o‘tgan turli masofaga yugurish bahslarida Viktoriya Levina, Irina Levina, Angelina Gostyuxina, Habib Sohibnazarov, Shoxruh Baratov, Timur Usmonov marra chizig‘ini birinchi bo‘lib bosib o‘tdi. To‘siqlar osha yugurish bahslarida Mexrangiz Ernazarova hamda Ergash Normuradov barcha raqiblaridan o‘zib ketdi.

Bosqon, nayza, yadro va disk uloqtirish bahslarida Darya Kashinova, Muxayyo Qoraboeva, Inessa Molchanova, Dilafroz Parpieva qizlar o‘rtasida tengsiz deb topilgan bo‘lsa, Ruslan Xabibov, Aleksandr Li va Oybek Muxammajonov o‘g‘il bolalar bahsida g‘olib bo‘ldi.

Uzunlikka, balandlikka va uch hatlab sakrashda Nadejda Shustova, Alina Aripova, Vladimir Garamov, Vadim Chikalov, Abdulaziz Abdushukurov shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!