Yosh chempionlar aniqlandi
Zohir2018
Musobaqa davom etmoqda
O‘zbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasiga qarashli "Universal" sport saroyida o‘smirlar o‘rtasidagi mamlakat chempionati o‘tkazilmoqda.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O‘zbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan mazkur musobaqada sportchilar 10 ta vazn toifasida g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda.
Chempionatning dastlabki kunida Jahongir Xudoyberdiev, Asilbek Ahmedov, Behruzbek Isaev, Marat Mavlonov o‘g‘il bolalar o‘rtasida g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, qizlar o‘rtasida Roziya Sharobiddinova, Iroda Mirtojieva mamlakat chempioniga aylandi.
Izohlar (0)