Yoshingga yarasha ish qilsangchi!

  • 09.01.2026 07:47
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ispaniya Superkubogi yarim finalida “Atletiko” futbolchilari o‘z muxlisolari ko‘z o‘ngida ashaddiy raqib – “Real”dan 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Mezbonlar bosh murabbiyi Diego Simeone uchrashuv davomida ikki marta raqib hujumchisi Vinisius Zuniorga atayin provokatsiya uyushtirdi.

“Real” ustozi Xabi Alonso uchrashuvdan keyin hamkasbining xulq-atvori haqida fikr bildirib, uni tanqid qildi.

- Avvalo, men raqib jamoa o‘yinchilariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga harakat qilaman va odatda ular bilan bahslashmayman. Simeonening aytgan gaplarini o‘qib-eshitganimdan keyin, bu menga yanada yoqmadi.

Aytilgan so‘zlar sportcha xulq-atvorga namuna bo‘la olmaydi. Raqibni hurmat qilish kerak, maydonda bo‘layotgan har bir narsaning ham chegarasi bor, - dedi Xabi Alonso Sports Illustrated jurnalistlariga.

Endi “Real” 11 yanvar kuni turnir finalida “Barselona”ga to‘qnash keladi. Bir yil oldin ham bu ikki jamoa Superkubok uchun o‘zaro kuch sinashgan edi. O‘shanda hal qiluvchi bahsda 5:2 hisobida zafar quchgan “Barselona” Ispaniya Superkubogi sohibi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!