Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Yozning eng “qaynoq” transferlari

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Kuchli uchlik...

Nufuzli Transfermarkt portali joriy transferlar oynasi davomida amalga oshirilgan eng qimmat transferlarni aniqladi.

Hozircha, eng qimmat transfer egasi Duglas Luis bo‘lib turibdi. “Yuventus” 26 yoshli braziliyalik yarim  himoyachi uchun “Aston Villa”ga 51,5 million evro to‘ladi.

Ikkinchi o‘rinda “Real”ning yangi o‘yinchisi Endrik qayd etilgan. Madridliklar 17 yoshli vunderkind uchun “Palmeyras””ga 47,5 million evrodan ko‘proq pul  o‘tkazib bergani aytilmoqda.  

Kuchli uchlikni “Vulverxempton”dan “Vest Xem”ga ko‘chib o‘tgan markaziy himoyachi Maks Kilman yakunlab berdi. Bu transfer “Vest Xem”ga 47,5 million evroga tushdi.

Evropaning aksariyat ligalarida transfer oynasi avgust oyining oxirigacha davom etadi va ungacha yana katta transferlar amalga oshirilishi kutilmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q