Yuliya Putintsevani kuchi etmadi
Zohir2018
Bor imkoniyatini o‘tgan hafta ishga solgan edi
Qozog‘istonlik Yuliya Putintseva o‘tgan haftada erishgan muvaffaqiyatidan so‘ng, "Rolan Garros" musobaqasida omadsizlikka uchradi.
Frantsiya ochiq chempionatining birinchi davrasida Yuliya shvetsiyalik Rebekke Petersonga 3:6, 5:7 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shu tariqa "Katta dubulg‘a" turkumidagi turnirning ikkinchi davrasiga yo‘l olgan Peterson, endi xorvatiyalik Donna Vekichga qarshi kortga chiqadi.

Izohlar (0)