Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Yutqazib qoʻydikku, yigitlar!

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Bitta gol hammasini hal qildi

«Budё-Glimt» Chempionlar ligasi doirasidagi uchrashuvda Dortmundning «Borussiya» jamoasi ustidan minimal hisobda g‘alaba qozondi. O‘yin taqdiri ikkinchi bo‘limda urilgan yagona gol bilan hal bo‘ldi.

Birinchi taymda tomonlar darvozalarga yo‘l topa olishmadi. Tanaffusdan so‘ng norvegiyaliklar faolroq o‘yin namoyish etib, o‘z imkoniyatlaridan foydalanishdi. 52-daqiqada Sondre Euklennning uzatmasidan so‘ng Fredrik Shёvold nemis klubi darvozasini ishg‘ol etib, hisobni ochdi.

Goldan keyin «Borussiya» hisobni tenglashtirish uchun oldinga tashlandi, biroq dortmundliklar yaratilgan vaziyatlarni golga aylantira olishmadi. «Budё-Glimt» o‘z ustunligini oxirgi daqiqalargacha saqlab qoldi va muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q