
"Yuventus" asosiy hujumchisidan ayrildi
Turinning “Yuventus” klubi hujumchisi Paulo Dibala jarohati tufayli safdan chiqdi, deya xabar bermoqda klub rasmiy sayti.
Yuqridagi manbaga ko‘ra, 28 yoshli futbolchi joriy 2021 yilda boshqa maydonga tusha olmasligi mumkin. Shu tariqa, argentinalik futbolchi A Seriya doirasida “Bolonya” va “Kalyari”ga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi.
Dibala joriy mavsum "Yuventus" tarkibida 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar