"Yuventus" Iskoni sotib olish fikridan qaytmayapti
Turinning "Yuventus" klubi hamon "Real" Madrid yarim himoyachisi Iskoni sotib olish fikridan qaytmayapti.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “keksa sinora” ayni paytda 27 yoshli ispaniyalik futbolchini sotib olish ustida ish olib bormoqda. “Qirollik klubi” esa uni 80 mln evrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.
Ta’kidlash kerakki, baribir “Yuve” uchun Pol Pogba va Mauro Ikardilarning transferi Iskonikiga nisbatan muhimroq hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Isko o‘tgan mavsum “Real” safida jami 37ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar