
“Yuventus” Shchesnining “Barselona”ga o‘tishiga to‘sqinlik qilyapti
“Barselona” jarohat olgan Mark-Andre ter Shtegenning o‘rniga polshalik darvozabon oytsex Shchesnini olib kelish bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda.
Biroq aniqlanishicha. 34 yoshli darvozabon bir oy muqaddam “Yuventus” bilan shartnomani bekor qilgan bo‘lsa-da, Turin klubi oldida ba’zi majburiyatlari saqlanib qolgan.
Xususan, faoliyatini tugatganini e’lon qiligan Voytsex boshqa klub bilan muayyan muddat ichida shartnoma tuzadigan bo‘lsa, bitimni o‘z tashabbusi bilan bekor qilgani bois, “Yuventus”ga badal puli to‘lashi kerak bo‘ladi.
Jurnalist Toni Xuanmartining yozishicha, tajribali golkiper “Barselona” bilan yangi shartnoma tuzishi uchun “Yuventus” bilan hisob-kitobini to‘g‘rilab olishi talab etiladi.
Fikrlar