«Yuventus» yangi darvozabon oladi
Polsha terma jamoasi darvozaboni Kamil Grabara yaqin vaqtlarda Italiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin. Germaniyaning «Volfsburg» klubi bilan shartnoma asosida o‘ynayotgan 27 yoshli posbonga Turinning mashhur «Yuventus» jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Futbol olamida ishonchli manba sifatida tanilgan insayder Fabrizio Romano xabariga ko‘ra, Grabara «Yuventus» uchun zahira darvozaboni pozitsiyasida asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda. Bu xabar, ayniqsa, turinliklar darvozaboni Mattia Perinning «Palermo» klubiga o‘tishi yaqin qolgani haqidagi ma’lumotlar fonida paydo bo‘ldi.
Kamil Grabara «Volfsburg» safini 2024 yil yozida to‘ldirgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Mutaxassislar darvozabonning transfer qiymatini taxminan 12 million yevro atrofida baholamoqda.

Fikrlar