
"Yuventus" yozgi transferlar uchun qanday rejalar tuzib qo‘ydi?
Turinning "Yuventus" klubi yaqinlashib kelayotgan yozgi transfer oynasi uchun reja tuzib qo‘ydi, deb xabar bermoqda Goal.
Manbaga ko‘ra, "keksa sinora" 3 ta pozitsiyaga yangi o‘yinchilarni sotib olishni rejalashtirmoqda. Bular: chap qanot himoyachisi, jismonan kuchli, samaradorligi yuqori bo‘lgan markaziy yarim himoyachi va hujum chizig‘ida Paulo Dibalaning o‘rnini egallaydigan yangi futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, argentinalik futbolchining “Yuve” bilan shartnomasi yakuniga etmoqda va shu bois u mavsum oxirida jamoani erkin agent sifatida tark etadi.
Qayd etilishicha, darvozabon Mattia Perin va himoyachi Xuan Kuadrado klub bilan yangi shartnoma imzolash niyatida, chunki ularning amaldagi shartnomalari mavsum oxirida tugaydi.
Fikrlar