“Yuventus”ning muhim qarori

  • 24.12.2020 12:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Yuventus” rahbariyati jamoada ijara asosida o‘ynayotgan “Shalke” yarim himoyachisi Ueston Makkenni bo‘yicha yakuniy qarorni qabul qildi.

Unga ko‘ra, Turin klubi yanvarda 22 yoshli amerikalik futbolchining transfer huquqini to‘liq sotib oladi. Bu transfer “Yuventus”ga 18,5 million evroga tushadi.

Joriy mavsumda Makkenni to‘qqizta uchrashuvda maydonga tushdi va bitta gol urib, ikkita goli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!