"Yuventus"ning yana bir asosiy futbolchisida koronavirus aniqlandi

  • 9 yanvar, 2021, 00:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" o‘zining rasmiy saytida gollandiyalik himoyachi Matteys de Ligtning COVID-19 ga qarshi topshirgan test natijalari musbat chiqqanini ma’lum qildi. Endi ushbu futbolchi ma’lum vaqt karantinga olinadi.

Bundan avvalroq "keksa sinora"ning ikki etakchi futbolchilari – Xuan Kuadrado va Aleks Sandroda ham koronavirus aniqlangan edi.

“Yuventus” 15 turdan so‘ng A Seriya musobaqa jadvalida 30 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda. De Ligt esa bu mavsum hozircha 9 ta o‘yinda ishtirok etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!