Yuz million yevroga top-himoyachi olamiz
Italiya milliy terma jamoasi va Milaning “Inter” klubi yetakchi himoyachisi Alessandro Bastoni yozgi transferlar davrida Angliya chempionatiga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Bu haqida Caught Offside jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 26 yoshli futbolchini Londonning “Arsenal” klubi o‘z safida ko‘rishni istaydi. Milan klubi mo‘may daromad olish maqsadida muzokaralarga tayyor.
“Inter” mutasaddilari Bastoni transferidan 100 million yevro atrofida mablag‘ ishlab olishni rejalashtirgan.
Alessandroning klub bilan shartnomasi 2028 yilning o‘rtasigacha amal qiladi. U 2017 yilning yozidan beri milanliklar safida to‘p surib kelmoqda.
Joriy mavsumda Bastoni 33 ta o‘yinda ishtirok etib, himoyadagi vazifalarini uddalashdan tashqari, raqiblar darvozasiga ikki gol urdi va jamoadoshlariga olti golli pas uzatdi.
Fikrlar