
Zidan alamli mag‘lubiyatdan keyin shogirdlaridan xursandligini aytdi
Chempionlar Ligasi 1-turidan o‘rin olgan bellashuvda "Real" o‘z uyida "Shaxtyor"ga mag‘lub bo‘ldi. O‘yindan keyin madridliklar ustozi Zinedin Zidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:
"O‘zimni "Real"dagi vaziyatni to‘g‘rilashga qodir, deb bilaman va bunga harakat qilaman. Bu borada shogirdlarim menga yordam beradi. Biz echim izlaymiz va topamiz! Albatta, "Shaxtyor"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng, kayfiyat tushib ketishi aniq. Ushbu o‘yin xatolarimiz jamlanmasi bo‘ldi.
Ikkinchi taymda o‘yin tizginini qo‘lga olib, yaxshi natija uchun harakat qilgan futbolchilardan juda xursandman. Men murabbiyman va keyingi o‘yinlargacha muammolarimiz echimini topaman. Endi esa, bor e’tiborimizni "Barselona"ga qarshi uchrashuvga qaratishimiz lozim."
Fikrlar