Zubayra Tuxugov kanadalik nokautchiga qarshi jang qiladi

  • 17.07.2020 20:57
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Rossiyalik MMA jangchisi Zubayra Tuxugov (19-4-1) o‘zining Instagram sahifasida navbatdagi raqibi kim ekanligini ma’lum qildi.

Tuxugov kanadalik Hakim Davodu (11-1-1) bilan jang posterini joylagan. Mazkur to‘qnashuv 19 sentyabr kuni "UFC 253" doirasida bo‘lib o‘tadi. Har ikki jangchi yarim engil vazn toifasida o‘zaro jang olib borishadi.

“Ehtiyot bo‘l. Sen uchun qiyin kecha bo‘ladi”, - deya poster ostiga izoh qoldirgan Tuxugov.

Ma’lumot uchun, Hakim 11 ta g‘alabasidan 7 tasini nokaut bilan yakunlagan. Zubayrada ham xuddi shuncha nokaut mavjud. Biroq, rossiyalik jangchi bunday natijaga 19 bora g‘alaba qayd etgan janglarida erishgan. 

 

ka

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!