"Reynjers" so‘nggi 6 yilda ilk bor "Seltik"ni mag‘lubiyatga uchratdi
Bugun Shotlandiya chempionatining 21-turida "Reynjers" o‘z maydonida amaldagi chempion -"Seltik"ni 1:0 hisobida engdi. Uchrashuvdagi yagona golga Rayan Jek mualliflik qildi.
E’tiborlisi, "Reynjers" "Seltik"ni 2012 yildan buyon ilk bor mag‘lubitga uchratdi. E’tiborlisi, glazgoliklarga ayni damda afsonaviy Stiven Jerrard ustozlik qilmoqda.
Ma’lumot uchun, ushbu ikki jamoa ayni damda 42 ochko to‘plagan hold musobaqa jadvalida 1- va 2-o‘rinlarni egallab turibdi.
Fikrlar