Tennis. Sharipova/To‘laganova juftligi yaponiyalik qizlarga mag‘lub bo‘ldi
Bugun tennis musobaqasining ayollar o‘rtasidagi juftlik bahslarida 1/8 final o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Sabina Sharipova/Iroda To‘laganova dueti mazkur bosqichda yaponiyalik Kato Miyu/Ninomiya Makoto juftligiga qarshi kortga chiqdi.
Afsuski, mazkur bellashuvda vakillarimiz raqiblarga har ikki setda bir xil - 3:6, 3:6 hisobida mag‘lub bo‘ldilar va turnirdagi yurishlariga yakun yasashdi.
Fikrlar