A Seriya. "Yuventus" o‘z uyida "Komo"ga mag‘lub bo‘ldi

  • 21.02.2026 22:16
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

A Seriyaning 26-turi doirasida "Yuventus" o‘z maydonida "Komo" jamoasiga qarshi bahs olib borib, 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Uchrashuvning 11-daqiqasida Mergim Voyvoda hisobni ochgan bo‘lsa, 61-daqiqada Maksans Kakre o‘yindagi ikkinchi golni kiritib, jamoasining ustunligini ikki barobarga oshirdi. Bellashuv davomida tomonlar boshqa gol ura olishmadi.

Shu tariqa, Fabregas shogirdlari o‘z ochkolari sonini 45 taga yetkazib, turnir jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi. Turinliklar esa 46 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda.

  • Italiya - A Seriya
  • Joriy Mavsum
625.png

Yuventus

Tugadi
0 : 2

21.02.2026 19:00

268.png

Como

  • Mërgim Vojvoda 11'
  • Maxence Caqueret 61'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!