Abbosbek Fayzullaev yosh muxlisining orzusini amalga oshirdi

  • 06.01.2026 17:54
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Toyloq tumanidagi 15-IDUM uy ta'limi oʻquvchisi Umidjon Homidov Yangi yil arafasida Qorboboga yoʻllagan maktubida futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi a'zosi Abbosbek Fayzullaev bilan uchrashishni orzu qilgan edi.

Bugun ushbu ezgu tilak roʻyobga chiqdi. Umidjon Abbosbek Fayzullaev bilan ZOOM platformasi orqali muloqot qildi. Suhbat davomida milliy terma jamoa futbolchisi Umidjonga tezroq sogʻayib ketishini, oʻqish hamda kelajakdagi maqsadlari yoʻlida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Uchrashuv yakunida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi, viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda Toyloq tuman hokimligi tomonidan yangi yil sovgʻalari topshirildi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!