APLning ikki klubi “Bavariya” himoyachisini talashmoqda
Myunxenning “Bavariya” klubi a’zosi Dayo Upamekanoga Angliya Premer-ligasining ikki klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Bild” nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, frantsuz himoyachisini “Manchester Yunayted” va “Liverpul” jamoalari o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Upamekanoning myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yozigacha mo‘ljallangan bo‘lib, u qishdayoq yangi klub bilan kelishuvga erishishi mumkin.
Ma’lumot uchun, futbolchi joriy mavsumda 9 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning “Transfermarkt” portalidagi taxminiy qiymati 50 million evroni tashkil etadi.
Fikrlar