Azardan yuz o‘girishdi
“Real”da omadi chopmagan Eden Azar sobiq jamoasi “Chelsi”ga qaytishni rejalashtirayotgan edi. Avvaliga londonliklar ham sobiq yulduzini qaytarib olishga rozi bo‘ldi.
Biroq, jamoa bosh murabbiy Tomas Tuxel asosiy e’tiborini tarkibni uzoq muddat jamoa manfaati uchun to‘p tepadigan iste’dodli yosh futbolchilar bilan to‘ldirishga qaror qildi. Shu bois, londonliklar 30 yoshli yarim himoyachini olmaydigan bo‘lyapti.
Aslida “Qirollik klubi” Azarni Krishtianu Ronalduning o‘rniga jamoaning asosiy yulduzi bo‘ladi, degan maqsadda olib kelgandi. Biroq, u ispan futboliga moslasha olmadi.
Joriy mavsumda Eden atigi 14 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning transferi 50 million evroni tashkil qilmoqda.
Fikrlar