Badiiy gimnastika. Toshkentda Jahon kubogi bosqichi start oldi

  • 10.04.2026 14:46
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks

Bugun poytaxtimizda badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogining ikkinchi bosqichi boshlandi. Bu yilgi bellashuvlarda dunyoning 39 mamlakatidan 150 nafaridan ortiq sportchi g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda.

Mamlakat gimnastika federatsiyasining ma’lum qilishicha, bellashuvlarda Takhmina Ikromova hamda Lola Jo‘rayeva yakkalik, Mumtozabonu Is’hoqzoda, Amaliya Mamedova, Evelina Atalyans, Yasmina Mkrticheva, Yuliya Valevataya hamda Samira Ahmadova guruh mashqi dasturida yurtimiz sharafini himoya qilishadi.

Reglamentga ko‘ra, bugun barcha yo‘nalishlarda saralash bahslari va kechki dasturda tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!