“Barsa” yana bir katta transferga qo‘l urmoqchi

  • 16.08.2025 09:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Yuventus” rahbariyati to‘purar  hujumchi Dushan Vlaxovichni Evropaning grand klublaridan biriga sotib yuborishni rejalashtiryapti.

Turin superklubi yozgi transferlar bozori yopilguniga qadar katta jamoalardan taklif kutyapti.

La Gazzetta dello Sport nashrining yozishicha, 25 yoshli futbolchi bo‘yicha turinliklar istagan taklifni “Barselona” berishi mumkin. Kataloniyaliklar anchadan beri Robert Levandovskining o‘rnini bosa oladigan markaziy hujumchi qidiryapti.

“Barselona” o‘tgan mavsum davomida ham Dushan Vlaxovichga qiziqish bildirgandi.

Vlaxovich “Yuventus” tarkibida 145 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvoo‘asini 58 marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga 14 ta golli pas uzatgan. Uning Turin superklubi bilan shartnomasi kelasi yoz tugaydi.

Dushan Vlaxovich darajasidagi o‘yinchi erkin agent maqomida bepul ketib qolmasligi uchun turinliklar ular 1 sentyabrgacha sotib yuborishni istayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!