“Barsa” yulduzi rahbarlarning qilgan ishidan g‘azabda
Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselon”ning eng zo‘r futbolchilaridan hisoblangan Gaviga klub rahbariyatining yosh iste’dod egasi Dro Fernandes bo‘yicha qabul qilgan qarori yoqmadi.
Gap shundaki, kataloniyaliklar kelajagi porloq deya baholanaotgan Dro Fernandesni “Pari Sen-Jermen”ga juda oson qo‘yib yubordi.
Mundo Deportivo jurnalistlarining xabar berishicha, “Barselona” va PSJ o‘rtasidagi kelishuv rasmiylashtirilgandan keyin Gavi g‘azabga mingan. U klub rahbariyati Fernandesni jamoada saqlab qolish uchun yetarli harakat qilmagan, deb hisoblaydi.
18 yoshli Dro 26 yanvar kuni Parij grandi safiga ko‘chib o‘tdi. Kelishuv summasi sakkiz million evroni tashkil qildi.
Fernandes Fransiyaning eng qudratli klubi bilan 2030 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzoladi.
Fikrlar