"Barselona" Bundesligadan hujumchi olib kelmoqchi

  • 06.10.2025 18:12
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Kataloniyaning "Barselona" klubi "Borussiya Dortmund" vingeri Karim Adeyemi bilan shartnoma imzolash imkoniyatini ko‘rib chiqishi mumkin. 23 yoshli futbolchining nemis klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, agar Adeyemi "Borussiya" bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erisha olmasa, "Barselona" kelasi yozda uni o‘z safiga qo‘shib olishga urinadi.

Joriy mavsumda Adeyemi Bundesligada 6 uchrashuvda maydonga tushib, 2 gol urdi va 1 golli uzatma qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!