"Benfika" Valverde epizodi bo‘yicha UEFAga murojaat qildi
Portugaliyaning "Benfika" klubi UEFAga "Real Madrid" yarim himoyachisi Federico Valverde ishtirok etgan vaziyat yuzasidan rasmiy shikoyat bilan murojaat qildi.
Chempionlar ligasi 1/8 finali yo‘llanmasi uchun pley-off bosqichi ilk uchrashuvida portugaliliklar 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lishgan. O‘yinning 82-daqiqasida Valverde raqib himoyachisi Samuel Dalga zarba bergan, natijada futbolchi yerga qulaydi. Hakam urugvaylik futbolchini jazolamagan.
Manbalarga ko‘ra, "Benfika" ushbu epizodda Valverde qizil kartochka olishi kerak edi, deb hisoblamoqda va o‘z pozitsiyasini UEFAga yetkazgan.
Fikrlar