Boks. Ertadan eng yaxshi bokschilar mamlakat birinchiligi uchun bahslarga kirishadi
14-22 yanvar kunlari Toshkent shahri erkakar va ayollar ishtirokida O‘zbekiston chempionati bahslariga mezbonlik qiladi.
Toshkent shahar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va yurtimizning barcha viloyatlaridan eng yaxshi bokschilar mamlakat birinchiligi uchun bahslarga kirishadi.
Bu safargi turnir "Los Anjeles-2028 sari yo‘l shu yerdan boshlanadi" shiori ostida o‘tkaziladi. Janglar Olimpiya shaharchasidagi Yakkakurashlar zalida bo‘lib o‘tadi.
Ertaга musobaqaning texnik yig‘ilishi va qur’a tashlash marosimi tashkil etiladi. Bu haqida O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.
Fikrlar