Bugun Toshkentda professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi!

  • 14.11.2025 10:02
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Bugun Toshkentdagi  "Humo Arena" majmuasida "Lift Promotions" hamda "Matchroom Boxing" tashkilotlari hamkorligida professional boks oqshomi o‘tkaziladi.

Ushbu kechada bir nechta bokschilarimiz prof boksdagi navbatdagi janglarini o‘tkazishadi. 

Asosiy karddan chempionimiz Bahodir Jalolov va Shaxram G‘iyosovlar ishtirokidagi bahslar o‘rin olgan. Ulardan tashqari, Olimpiada chempioni Lazizbek Mullojonov, Shohjahon Abdullaev, Nurislom Ismoilov, Aloxon Abdullaev kabi nomdor vakillarimiz ham ertaga ringga ko‘tariladi.

Bahslar 18:00 da boshlanishi rejalashtirilgan. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!