Diego Simeone: "Bugun muxlislarimizga quvonch ulashdik"
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone Ispaniya kubogida "Barselona" ustidan qozonilgan 4:0 hisobidagi yirik g'alabaga izoh berdi.
"Menimcha, muxlislarimizga aynan shunday o'yinlar kerak. Ular yillar davomida bizni olga undaydi, doim yonimizda bo'lishadi. Ularga katta o'yinlar kerak.
Birinchi bo'limni juda yaxshi o'tkazdik, o'yinni a'lo darajada o'qidik. Hujumlarda samarali va darvoza oldida hotirjam harakat qildik. Birinchi bo'lim juda yuqori saviyada o'tdi.
Biz ular taslim bo'lmasligini bilardik. Ular har qanday muammoni hal qila oladigan sifatga ega. Ikkinchi bo'lim ham shunday boshlandi. Ikkinchi bo'limda ayrim vaziyatlarda yaxshiroq o'ynashimiz mumkin edi. U birinchi bo'limdagidek bo'lmadi. Ammo yigitlar ajoyib o'yin ko'rsatishdi.
Biz kimga qarshi o'ynayotganimizni bilamiz. Hotirjam bo'lish mumkin emas. Javob o'yiniga hali vaqt bor, ammo bugun muxlislarimizga quvonch ulashdik – ular bunga loyiq", – dedi "Atletiko" bosh murabbiyi.
Fikrlar