Dzyudochilarimiz jahon chempionatidan qaytib keldi!

  • 13.10.2025 21:25
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Dzyudo

Peru poytaxti Lima shahri mezbonlik qilgan dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida 6 ta (1 ta kumush, 5 ta bronza) medal bilan dunyoning 65 davlati orasida TOP 10 talikdan joy olgan O‘zbekiston terma jamoasi delegatsiyasi Vatanga qaytdi. 

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida muzaffar sportchilarimizni O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi mutasaddilari, dzyudochilarimiznining oila a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari kutib olishdi. 

Jahon chempionatida shohsupaga ko‘tarilgan dzyudochilarimiz:

Kumush medal:
+78 kg: Umida Nig‘matova

Bronza medallar:
-48 kg: Laziza Haydarova 
-60 kg: Samariddin Qo‘chqorov 
-81 kg: Samariddin Muxibiddinov 
-90 kg: Alisher Samanov
-100 kg: Muhammadali Zoirov

Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!