Enzo Fernandez "Chelsi"da ikki uchrashuvdan chetlatildi

  • 03.04.2026 15:36
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Chelsi" yarim himoyachi Enzo Fernandesni navbatdagi ikki uchrashuvdan chetlatdi. Bu qaror futbolchi oxirgi intervyudagi bayonotlari tufayli qabul qilindi.

Intervyuda Fernandes shunday degan edi: "Agar Evropada yashash uchun shahar tanlashga to‘g‘ri kelsa, bu Madrid bo‘lardi. Men Madridni yaxshi ko‘raman".

Shuningdek, u "Chelsi" "Real"ga qarshi o‘ynaganda eng taassurot qoldirgan raqiblar sifatida Toni Kroos va Luka Modrichni nomladi.

Bo‘lajak bahsdan avval tashkil etilgan matbuot anjumanida Liam Rozenior shunday dedi:

"U ertaga bo‘ladigan o‘yin va "Manchester Siti"ga qarshi uchrashuvda ishtirok eta olmaydi. Bunday gaplar aytish afsuslidir. U shaxs sifatida yomon odam emas, menda unga nisbatan salbiy fikr yo‘q. Lekin bir chegara buzildi, shuning uchun sanktsiya qo‘llanishi zarur bo‘ldi".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!