Farhod Bekmurotov: "O‘tgan yilgidan yaxshiroq natija qayd etamiz"

  • 02.01.2024 00:33
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol

Yanvar oyi boshlangach, asosiy tayyorgarlik ishlari boshlanadi. “Andijon” jamoasining etakchilaridan biri Farhod Bekmurotovning ham yangi mavsumdan umidi katta. Bu xususida futbolchi “Andijon” matbuot xizmatiga shunday dedi:

"Avvalo, “Andijon” muxlislarini, rahbarlarimizni, ishchi xodimlarni, ahil kollektivimizni yangi yil bilan tabriklayman. Doim sog‘ omon bo‘lishsin, xonadonlariga fayzu baraka yog‘ilsin.

Xudo xohlasa, yangi mavsumdan ham umidim katta. Nasib qilsa, o‘tgan yilgidan yaxshiroq natija qayd etamiz, degan umiddaman. Buning uchun o‘tgan mavsumdagi kabi hammamiz bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishimiz kerak va shunday ham bo‘ladi.

Maqsadim har bir o‘yinda jamoaga yordamim tegishi uchun bor kuchim bilan maksimal harakat qilaman”, - deydi Bekmurotov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
02/01/2024 11:51
Кимдан интервью олсанглар ампуласини кушиб езинглар.Хе...савиянга.....