Filipe Koutinьo Rossiya klubiga ko‘chib o‘tmoqda
Braziliya terma jamoasi sobiq yulduzi Filipe Koutinyo faoliyatini Rossiya Premier-ligasida davom ettirishi mumkin.
O‘z vaqtida "Liverpul" klubida top darajaga chiqib, dunyoning eng iste’dodli futbolchilaridan biriga aylangan Filipe Koutinyoning xizmatlariga Rossiyaning CSKA klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Avvalroq, 33 yoshli futbolchi "Vasko da Gama" bilan shartnomasini bekor qilgan edi. Ayni vaqtda Koutinyo erkin agent hisoblanadi.
Braziliyalik futbolchi "Liverpul"dan tashqari, "Inter", "Barselona" va "Bavariya" kabi Yevropaning top klublari sharafini himoya qilgan. "Transfermarkt" portali havbekni 3,5 million yevroga baholagan.
Ma’lumot uchun, CSKA RPLning 18-turidan so‘ng 36 ochko bilan 4-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar