Flik Madrid klublariga kam xarajat bilan hukmronlik qilishni ko‘rsatib qo‘ydi

  • 27.12.2025 09:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

O‘tgan mavsum “Barselona”ni Ispaniya chempioniga aylantirgan Hans-Diter Flik kam xarajat bilan ham jamoa o‘yin darajasini kuchaytirish mumkinligini ko‘rsatib qo‘ydi.

Germaniyaning mutaxassis Kataloniya superklubini qabul qilib olganidan beri transferlarga atigi 88 million yevro sarfladi va shu bilan birga joriy mavsumda ham  Ispaniya La Ligasida ishonchli tarzda yetakchilikni saqlab qolmoqda.

Shu davr mobaynida Madriddning “Atletiko” klubi transferlarga 364 million yevro sarmoya kiritgan, kataloniyaliklarning ashaddiy raqibi “Real” esa, 216 million yevro sarflagan holda tarkibini kuchaytirishga urinagan.

Shuningdek, “Vilyarreal” yangi o‘yinchilar uchun 171 million yevro, “Betis” esa 101 million yevro xarajat qilib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha “Barselona”dan o‘tib ketdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!