Gvardiola "Siti"da yana qancha ishlaydi?
Ispaniyalik mutaxassis Xosep Gvardiola o‘zi boshqargan barcha jamoalar – "Barselona", "Bavariya" va "Manchester Siti"da har doim yuqori natijalarni qayd etib kelgan.
O‘tgan mavsumdagi inqirozdan keyin jamoasining janvogarligini ko‘tara olgan Xosep Gvardiolada hozirgi tarkib bilan uzoqroq ishlash istagi paydo bo‘ldi. Bosh murabbiy klub bilan kelishuvni uzaytirishi mumkinligini aytgani uning shogirdlarini xursand qildi.
- Shartnomam bo‘yicha hali ikki yillik muddat bor, katta ehtimol bilan kelishuvni yana ikki yilga uzaytirarman.
Bu borada asosiy masala – men qachon to‘xtashni istashimda. Bu balki shu yil yoki ikki, xatto to‘rt yildan keyin bo‘lishi mumkin. Tanaffus qiladigan paytim keladi, ammo hozir hamma ishlarim joyiga tushdi.
Jamoa AQShdagi jahon chempionatidan boshlab, kayfiyatimni ko‘tarib kelmoqda. U erdagi turnirda nimalarnidir yarata oldik, men o‘zimga yoqadigan va o‘tgan yili bizga etishmagan narsalarni ko‘rdim. Bularning bari bizga o‘tgan yilgidan yaxshiroq natijalar qayd etishimizga yordam beradi, - dedi Xosep Gvardiola.
Fikrlar