Iliya Topuriya: "Maxachev, o‘ng qo‘lim yuzingga tekkaniда uzoq uyquga ketasan"
Yengil vaznda UFC chempioni Iliya Topuriya yarim o‘rta vazn chempioni Islom Maxachevga nisbatan keskin gaplarni aytib o‘tdi.
"Hamma kutayotgan jangni Maxachev negadir qabul qilmasdan, juda ko‘p gapiryapti. Minglab kilometr masofadan turib mulohaza yuritish va tanqid qilish juda oson, lekin oktagonga kirganimda, men Jek Maddalena, Den Xuker yoki sen duch kelgan boshqa yigitlardek emasligimni tushunib etasan. O‘ng qo‘lim yuzingga tekkanda, juda uzoq uyquga ketasan!" - dedi Iliya.
Eslatib o‘tamiz, oilaviy muammolarini hal qilgach Iliya Topuriya tez orada janglarga qaytishini e’lon qildi.
Fikrlar