Iliya Topuriyadan nokautga uchragan yulduzlar yana katta sahnaga qaytmoqda

  • 09.03.2026 07:09
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

Engil vaznda amaldagi UFC chempioni Iliya Topuriya oxirgi 3 ta jangida – Aleksandr Volkanovski, Maks Hollowey va Charlz Oliveyraga qarshi oktagonga ko‘tarilib, ularning barchasini  nokautga uchratdi. 

Biroq yuqorida nomi zikr etilganlar og‘ir mag‘lubiyatdan so‘ng ham, o‘zlarini yo‘qotib qo‘yishmadi.

Volkanovski Topuriya bilan bahsdan keyin yarim engil vazn toifasidagi unvonini qaytarib oldi va bir bor himoya qilishga ham ulgurdi.

Hollowey Iliyadan nokautga uchragach, Dastin Porye bilan besh raundlik super jangda BMF kamarini saqlab qola oldi.

"UFC 317" turnirida Topuriya tomonidan "uxlatib qo‘yilgan" Oliveyra esa uch oy ichida Mateush Gamrot bilan jang qilib, uni 7 daqiqada bo‘gib qo‘ydi. Kuni kecha braziliyalik "UFC 326" turnirida Maksni ezib tashlagani hech kimga sir emas.

Endi Iliya amerikalik Jastin Getjini nishonga olmoqda. Ushbu MMA ustalari o‘rtasidagi to‘qnashuv 14 iyun kuni Oq Uyda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!