Islom Ismoilov: "Jamoa 3 yil bir xil sxemada o‘ynagan. Endi undan olib chiqib ketish uchun vaqt talab qiladi"
Turkiyada yig‘in o‘tkazayotgan “Neftchi” klubi bugun navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini Sloveniya ning &ldquo.Alyuminiy” jamoasiga qarshi o‘tkazdi. O‘yin 2:1 hisobida far‘gonaliklarning foydasiga hal bo‘ldi.
Uchrashuvdan keyin “Neftchi” bosh murabbiyi Islom Ismoilov klub matbuot xizmati ga fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Uchrashuvga to‘xtalsak, o‘ylashimcha, yaxshi o‘yin bo‘ldi. Raqib ham Sloveniya ni yaxshi jamoalaridan biri edi. Amalga oshirishimiz kerak bo‘lgan narsalarni bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yyapmiz. Qilmoqchi bo‘lgan g‘oyalarimizni futbolchilarimiz o‘qib, tushunib oladigan bir kitob emas. Bunga vaqt kerak bo‘ladi. Juda ko‘p narsalarni o‘zgartirishga harakat qilyapmiz. Lekin futbolchilarga rahmat aytaman. Maksimal darajada harakat qilishdi. Qo‘yilgan vazifalarni bajarishga intilishdi.
Ikkinchi taymda ko‘proq yoshlar ga imkoniyat berdik. Bu ham kerak. Asta-sekinlik bilan jamoadagi yoshlarda o‘zlariga bo‘lgan ishonchni orttirib borishimiz lozim. Shuning uchun har uchrashuvda yoshlar ga ham imkoniyat berib borishga harakat qilyapmiz. Bugun ham tarkibimizda 6 nafar 17-18 yoshdagi yigitlar to‘p surishdi. Albatta, bu jamoani kelajagi uchun foydali holat.
Qolgan legionerlarga keladigan bo‘lsak, Ratinyo jarohatidan endi tuzalib, tiklanish jarayonida. Nimeli viza muammolarini hal qilib, bugundan jamoaga yetib keldi. Ular ham tez kunda jamoaga to‘liq kirishib ketishadi.
O‘yindan to‘liq qoniqqanimiz yo‘q. Qiladigan ishlarimiz juda ko‘p. O‘yin sifatini yaxshilashimiz kerak. Tarkibimizdagi futbolchilar kerak bo‘lsa bundan 3-4 barobar yaxshiroq o‘yin namoyish eta olishadi. Hozir g‘oyalarimizni ularga singdirish uchun faqat vaqt kerak. Ularga ham murabbiylar shtabini va meni yangi talab qilayotgan o‘yin uslubimni tushunishlari uchun vaqt kerak. Sababi, jamoa uch yil davomida bir xil sxemada harakat qilgan. Endi undan jamoani olib chiqib ketish uchun katta vaqt va mehnat talab qiladi. Biz to‘xtab qolmaymiz. Xudo xohlasa, jamoa mavsumga o‘zini eng yuqori optimal formasida yetib keladi", - deydi Ismoilov.
Fikrlar