Javohir Sindarov dunyoning Top-10 shaxmatchilari qatoriga kirdi

  • 08.03.2026 14:05
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat

Javohir Sindarov LIVE reytingda klassik shaxmat bo‘yicha dunyoning Top-10 shaxmatchilari qatoriga kirdi.

So‘nggi yangilanishlarga ko‘ra, Uesley So Amerika Kubogi turniridagi ishtiroki natijasida LIVE reytingda −9 ochko yo‘qotib, kuchli o‘nlikni tark etdi. Natijada Javohir Sindarov reyting jadvalida yuqoriga ko‘tarildi.

Shu tariqa tarixda ilk bor ikki o‘zbekistolik grossmeyster — Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov — bir vaqtning o‘zida jahonning Top-10 reytingidan joy oldi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!