Joshua Zirkze Italiyaga qaytishi mumkin!

  • 03.10.2025 12:26
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Huquqlari "Manchester Yunayted"ga tegishli hujumchi Joshua Zirkzi Italiya chempionatiga qaytishi mumkin. Bu haqda ESPN xabar bermoqda. 

Manbaga ko‘ra, futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga bir qancha klublar qiziqish bildirmoqda.  Jumladan, "Yuventus", "Milan" va "Komo" niderlandiyalikni o‘z safida ko‘rishni xohlamoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Joshua o‘tgan yozda “Bolonya”dan “qizil iblislar” safiga kelib qo‘shilgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yilning iyun oyi oxirida tugaydi. 24 yoshli hujumchi joriy mavsumda APLda 3ta o‘yin o‘tkazdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!