Levandovskiga yaxshi ish chiqdi

  • 09.03.2026 12:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Joriy mavsum oxirida “Barselona” hujumchisi Robert Levandovskining amaldagi shartnomasi yakunlanadi va shu bois uning Kataloniyadagi kelajagi mavhum bo‘lib turibdi.

“Barsa” rahbariyati 37 yoshli futbolchiga yangi bitim taklif qilgani yo‘q va hujumchi atrofidagi vaziyatni kuzatib turgan klublar Levandovskini  olish harakatini boshlayapti.

Xususan, MLS klublari Robertni shu yozda erkin agent sifatida safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda.

Insayder Fabrizio Romano ma’lumotiga ko‘ra, MLS jamoalari vakillari polshalik to‘purar bilan hamkorlik  borasida “allaqachon aloqaga chiqqan”.

37 yoshli Levandovski qariyb to‘rt yildan beri “Barselona” safida to‘p surmoqda. Shu vaqt davomida u 179 ta uchrashuvda maydonga tushib, 115 ta gol urdi va 23 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Shu tariqa, so‘nggi yillarning eng sermahsul hujumchilaridan biri, agar tomonlar Ispaniya grandi bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erisha olmasa, faoliyatini AQShda davom ettirishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!