"Liverpool" yetakchisi yozda Italiyaga yo‘l olishi mumkin
"Liverpul" tarkibida harakat qilib kelayotgan braziliyalik darvozabon Alison Beker faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. Bu haqida "Gazetta Dello Sport" nashri xabar bermoqda.
Manbada yozilgan ma'lumotga ko‘ra, ayni vaqtda 33 yoshli darvozaboni "Yuventus" klubi o‘z safiga qo‘shib olishga urinmoqda. Alisoning o‘zi ham turinliklar tarkibiga borib qo‘shilishga qarshi emas. Ma'lum bo‘lishicha, Italiya klubi posbon bilan 3 yillik shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.
Bekerning hozirda "transfermarkt" portalidagi narxi 17 million evroni tashkil etadi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Ma'lumot uchun, braziliyalik darvozabon 2018 yildan beri ingliz klubi safida harakat qilib kelmoqda. Shu davr mobaynida u 332 ta uchrashuvda maydonga tushib, shularning 140 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
Fikrlar