"Lokomotiv" "Atletiko" hujumchisi uchun kurashga qo‘shildi

  • 04.10.2020 08:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Atletiko" forvardi Nikola Kalinich faoliyatini Moskvaning "Lokomotiv" klubida davom ettirishi mumkin.

GianlucaDiMarzio.com sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, 32 yoshli xorvatiyalik futbolchi uchun "Torino" ham kurash olib bormoqda. Ammo “temiryo‘lchilar” ushbu muzokaralarda hozircha turinliklarga imkoniyatni boy bermoqda.

Bundan avvalroq, "Lokomotiv" boshqa bir xorvatiyalik hujumchi - Mario Manjukichni qo‘lga kiritishga urinib ko‘rgan edi.

Kalinich o‘tgan mavsumni “Roma”da ijarada o‘tkazgan va 19 ta o‘yinda 5 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!