“Manchester Siti” Angliyadagi qimmat himoyachini sotib olishi mumkin

  • 07.01.2026 07:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Mavsumning qizgin va tighiz pallasida kadrlar muammosiga duch kelgan “Manchester Siti” himoya chizigʻidagi yoʻqotishlar oʻrnini yangi ijrochi bilan toʻldirish imkoniyatini oʻrganib chiqmoqda.

Maʼlumotlarga qaraganda, “shaharliklar” joriy transfer oynasi davrida “Kristal Pэlas” markaziy himoyachisi Mark Gexini jamoaga taklif etish variantini koʻrib chiqmoqda.

Bu haqida BBC xabar berdi.

Angliyaning qudratli klubi tomonidan bunday qiziqish jamoa himoya chizigʻidagi jiddiy muammolarga duch kelgani uchun favqulodda paydo boʻldi. 4 yanvar kuni “Chelsi”ga qarshi oʻyinda (1:1) jamoaning birdaniga ikki nafar asosiy markaziy himoyachisi – Yoshko Gvardiol va Ruben Diash jarohat oldi. Bundan tashqari, “shaharliklar”ning yana bir himoyachisi Jon Stounz ham ancha vaqtdan beri lazaretda.

Manbaga koʻra, “Siti” rahbariyati Gvardiol va Diashning sogʻligi boʻyicha tibbiy xulosalarni olganidan keyin Gexi transferi boʻyicha faol qadam tashlashga kirishdi.

Gvardiolning jarohati ogʻir ekani tasdiqlandi: xorvat futbolchining katta boldir suyagi singan va u jarrohlik amaliyoti oʻtkazadi.

Gexining “Kristal Pэlas” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yozigacha moʻljallangan. Agar u kelishuvni uzaytirmasa, mavsum oxirida klubni bepul tark etishi mumkin. Bu holatga “Bavariya”, “Real”, “Barselona”, “Inter”, “Atletiko” va “Liverpul” kabi bir qator Yevropa grandlari jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Londonliklar esa futbolchini kompensatsiyasiz yoʻqotmaslik uchun uni yanvar oyida sotish variantini ham istisno qilmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!