“Manchester Siti” Gvardiolaga o‘rinbosar topdi

  • 04.02.2026 17:22
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" Xosep Gvardioladan keyingi davrga tayyorgarlikni boshladi. Football Insider nashrining xabar berishicha, hozirda klub bosh murabbiyligiga Vensan Kompani asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda.

"Manchester Siti"ning amaldagi ustozi bilan 2027 yilning iyunigacha mo‘ljallangan shartnoma bor va klubdagilar 55 yoshli ispaniyalik kelishuvni oxirigacha ishlab chiqishi kutilmoqda. Shunga qaramay, rahbariyat yangi murabbiy masalasini ochiq qoldirishni istamay, hozirdanoq kelajak uchun ehtimoliy variantlarni tahlil qilmoqda.

Manbaga ko‘ra, aynan Kompani Gvardiolaning o‘rniga ideal nomzod hisoblanadi. Belgiya­lik sobiq futbolchi klub madaniyati bilan yaxshi tanish - u futbolchilik faoliyati davomida "Manchester Siti" safida 350 dan ortiq o‘yin o‘tkazgan va ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritish davrida asosiy futbolchilardan biri bo‘lgan.

Kompani hozirda "Bavariya" bosh murabbiyi sifatida ishlamoqda va uning Myunxen klubi bilan shartnomasi ehtimoliy transferni ancha murakkablashtirishi mumkin. Germaniyadagi birinchi mavsumida u Bundesligachampionligini qo‘lga kiritdi - bu Myunxenda majburiy minimum hisoblanadi.

Avvalroq, "Manchester Siti" murabbiyligiga nomzodlar qatorida Gvardiolaning yordamchisi bo‘lib ishlagan Enco Mareska, shuningdek, "Real"dan ketganidan keyin APLning yetakchi klublari qiziqish bildirayotgan Xabi Alonso ham tilga olingan edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!