“Manchester Siti” yarim himoyachisini ijaraga berib yubordi

  • 03.02.2026 19:52
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" 18 yoshli yarim himoyachi Divayn Mukasuni mavsum oxirigacha "Lester"ga ijaraga berdi. Bu haqida jamoa rasmiy sayti xabar bermoqda.

"Men bu yerga kelganimdan juda xursandman va berilgan imkoniyat uchun minnatdorman. Bu men uchun o‘rganish, tajriba orttirish va rivojlanishda davom etish uchun ajoyib muhit. Har kuni astoydil ishlashni, qo‘limdan kelgan hamma narsani o‘zimga singdirishni va jamoaga yordam berish mumkin bo‘lgan hamma joyda o‘z hissamni qo‘shishni istayman", - dedi futbolchi.

Mukasa 2025 yil sentyabrida "Manchester Siti"ning asosiy tarkibida debut qilgan va kubok o‘yinida gol urgan. Mavsum davomida u asosiy jamoada 6 marta maydonga tushdi va 1 ta gol urdi, shuningdek, UEFA Yoshlar ligasida 4 ta o‘yin va 4 ta gol, o‘rinbosarlar tarkibida 9 ta o‘yin, 3 ta gol va 1 ta golli uzatma.

Transfermarkt portali futbolchining narxini 3 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!