“Manchester Siti”ning ikki darvozaboni ketmoqchi
Angliya Premer-ligasida chempionlik uchun kurashayotgan “Manchester Siti”ning ikki darvozaboni – Jeyms Trafford va Shtefan Ortega muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istayapti.
Har ikki darvozabon jahon chempionati bo‘ladigan 2026 yilda o‘z mamlakatlari terma jamoalariga jalb etilishni rejalashtirgan.
Angliya terma jamoasiga nomzod bo‘lgan Jeyms Traffordga yozda “Byornli”dan qaytganida asosiy darvozabon maqomi va’da qilingan edi. Ammo klub transferlar oynasining oxirgi kunida Janluiji Donnarummani qo‘lga kiritganidan keyin 23 yoshli golkiper ikkinchi planga o‘tdi.
33 yoshli germaniyalik Shtefan Ortega esa, Donnarumma va Trafforddan ortib, umuman maydonga tushish imkoniyatiga ega bo‘lmayapti.
Jurnalist Jek Gogan tarqatgan xabarga ko‘ra, har ikki darvozabon yanvar oyida o‘ziga muntazam o‘yin amaliyoti beradigan jamoaga o‘tmoqchi.
Fikrlar